Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
TADBIRLAR

BIZ SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZIM!

Tadbirlar

BIZ SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZIM!

BIZ SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZIM!

Mamlakatimizda 1997 yildan boshlab 1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada ekaniga bevosita bog‘liq.“Biz Sizga ta’zimdamiz, aziz Ustozim” shiori ostida bayram kechasi tashkil etildi. Kechada faxriy Ustozlar va universitetda ayni kunda faoliyat ko‘rsatayotgan professor – o‘qituvchilarga hurmat – ehtirom ko‘rsatildi.

Universitet rektori professor X.B.Yunusov barcha ishtirokchilarni ulug‘ bayram - “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan qutladi, shuningdek universitetning fidoyi jamoasiga vazirliklar va tashkilotlar tomonidan yo‘llangan bayram tabriklarini o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunovning tabrigini qo‘mita raisining o‘rinbosari Hamroyev Bobur Zohirovich o‘qib berdi va barchani qutladi.

Bayram arafasida universitetning bir guruh professor – o‘qituvchilari hukumatimiz, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi, Respublika qishloq xo‘jalik vazirligi, shuningdek viloyat hokimligi va qator tashkilotlarning yuksak mukofoti va e’tiroflariga, “Fahriy yorliq” va “Tashakkurnoma”lariga sazovor bo‘ldilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita