SamDVMCHBU Madaniyat saroyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning yubilliyiga bag‘ishlangan "Ikki buyuk siymo - bir millat faxri" mavzusidagi tadbirda ezgulik, odamiylik, sabr, insof va diyonatning ahamiyati e'tirof etildi. Rektor Xudaynazar Yunusov va dotsent Maftuna Xolova ularning adabiyot, tillar va davlatchilik sohasidagi izloqalari haqida so'zlashdilar. Talabalar namuna o'qish, nazm ozgarish va teatr joriy qilish orqali ajdodlariga ehtiromini namoyish etdilar.Cocoon AI Summary
SamDVMCHBU Madaniyat saroyida hazrat Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligiga bag‘ishlangan "Ikki buyuk siymo - bir millat faxri" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ezgulik va odamiylik gʻoyalari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi bosh gʻoyani tashkil etishi dunyo olimlari tomonidan eʼtirof etilayotganligi, sabrli, hayoli, insof-diyonatli boʻlishni oʻziga shior bilgan bu ikki siymo umrlari davomida bu aqidalarga qatʼiy amal qilgani barchamiz uchun ibrat ekanligini ta’kidlab, yurtimizda milliy ruhni kuchaytirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qamrovi ulkan tadbirlar Navoiy va Bobur gʻoyalarining xalqimiz qalbidan chuqur joy olishini taqozo etayotganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti, filalogiya fanlari doktori Maftuna Xolova o‘z so‘zida Alisher Navoiy butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqli ekanligini, Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin yegallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo‘lganliginiu, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solganligini, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligini ta’kidladi.



Tadbirning eng hayajonli qismi talabalar ijrosidagi chiqishlar bo‘ldi. Navqiron yoshlar Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qib, ajdodlar merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromlarini namoyish etishdi. Sharqona nazmning go‘zal ohanglari va teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas ma’naviy ozuqa ulashdi.