SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA “OLIMA QIZLAR KLUBI” OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.



Tadbirni universitet rektori, professor X. Yunusov ochib berib, o‘z nutqida ilm-fan va ta’lim sohasida qizlarning o‘rni, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda yosh olimalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etib,  “Olima qizlar klubi”ning maqsad va vazifalari, ilmiy izlanishlar, mentorlik yo‘nalishlari hamda innovatsion tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

“Olima qizlar klubi” kelgusida ilmga qiziqqan talaba-qizlarni birlashtiruvchi, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantiruvchi muhim ilmiy va ma’naviy platforma bo‘lib xizmat qiladi.

 Tadbir “Olima qizlar klubi” raisi Haydarova Sevara tomonidan olib borildi.