Bugun SamDVMCHBUda giyohvandlikning zararli oqibatlariga qarshi targ‘ibot ishlari doirasida universitet profilaktika inspektori A.Tojiyev va yoshlar yetakchisi M.Nurov tomonidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida yoshlar giyohvand moddalarning sog‘liq uchun xavfli oqibatlari haqida ogohlantirildi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, saqlash yoki oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish qonun bilan qat’iyan taqiqlangani alohida ta’kidlab o‘tildi.


Yoshlar ongida hushyorlikni kuchaytirish, salbiy illatlardan yiroq turishga chorlovchi bu kabi uchrashuvlar doimiy ravishda davom etadi.