“TALABALAR TEATR STUDIYALARI” KO‘RIK-FESTIVALINING UNIVERSITET BOSQICHI YAKUNLANDI



   10-noyabr kuni universitetimizda “Talabalar teatr studiyalari” respublika ko‘rik-festivalining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sahna ijrosi, aktyorlik mahorati va ijodiy yondashuvda har bir jamoa o‘z iste’dodini namoyon etdi!

Natijalar quyidagicha:
Iqtisodiyot fakultetining “Maroqand” jamoasi – 1-o‘rin
 Biotexnologiya va ekologiya fakultetining “Meros” jamoasi – 2-o‘rin
Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining “Ma’rifat sadosi” jamoasi – 3-o‘rin

“Chorvachilik va texnologiyalar” fakultetining “Navqiron avlod” hamda
 “Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi” fakultetining “Kelajak liderlari” jamoalari esa faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

 Barcha ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz va g‘olib jamoalarga keyingi  bosqichda omad tilaymiz!