“IBRATLI OTA – MUSTAHKAM OILANING TAYANCHI”



    SamDVMCHBUda 4-noyabr kuni  Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi dotsenti Mavlon Bozorovich Safarov ishtirokida talaba-yoshlar bilan oilada ota  mas’uliyati, farazandlar tarbiyasidagi o‘rni hamda oilada aka, uka va opa-singillar munosabati xususida davra suhbati o‘tkazildi.

   Tadbirda ustoz, katta oilaning qadrli otasi M.B. Safarov o‘z hayot va  mehnat faoliyati yo‘li, oilaviy qadriyatlar xususida fikr bildirar ekan, oilada ota – bu avvalo ustun, ximoya, namuna va tarbiya maktabidir. Otaning farzand tarbiyasidagi roli jismoniy ta’minlash bilangina cheklanib qolmaydi. U farzand qalbida- javobgarlik, g‘ayrat, mardlik, vatanparvarlik, odob-axloq tuyg‘ularini shakllantiradi, degan fikrlarni ta’kidladi.