ONA TILIM – IFTIXORIM



    Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati tilimizning buyukligi, boyligi va betakrorligini tarannum etuvchi “Ona tilim - iftixorim” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

    SamDVMCHBUda tashkillashtirilgan kechada universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

   Tadbirni universitet rektori, professor X.Yunusov ochib berdi va ishtirokchilarni o‘zbek tili davlat tili deb tan olingan kun bilan muborakbod etdi. Rektor barchani bu qutlug‘ kun bilan tabriklar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, buning tasdig‘ini o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol ko‘rish mumkinligini aytib o‘tdi.