Tadbirda universitet rektori X.B.Yunusov ishtirok etib, musobaqa boshlanishiga start berib, ishtirokchilariga omad tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida sport sinovlarida yaxshi natija ko'rsatgan bir guruh talabalar, jumladan 3 nafar talaba "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, yuqori natijalarni ko‘rsatgan olti nafar talaba esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirdan so‘ng "Besh tashabbus olimpiyadisi" musabaqalari doirasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi turlaridan musobaqalar ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.