“KELAJAKKA QADAM” DASTURI AMALDA



    Joriy yilning 24-sentabr kuni SamDVMCHBUda O‘zbekiston milliy banki AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi bilan universitet rahbariyati hamkorligida 2025 - 2026-o‘quv yilida bitiruvchi bosqich talabalari uchun “KELAJAKKA QADAM” mavzusida ochiq seminar o‘tkazildi. 

    Tadbirda universitet rektori, professor X.B.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Elmurodov, O‘zbekiston milliy banki AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari S.A.Abdunazarov, U.X.Amanboyev, Registrator ofisi boshlig‘i O.Boymatov hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

    Seminarda Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarorining qabul qilinishi yoshlarning bandligini ta'minlashga qaratilganli, OTMlar bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “KELAJAKKA QADAM” dasturini amalga oshirilishi bitiruvchi yoshlarga katta imkoniyat ekanligi takidlandi.