"Bitiruvchi-2025" tadbirida universitet rektori X.Yunusov, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari X.Tuxtayev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi boshqarma boshlig'i A.Safarov, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bitiruvchi talabalarni universitet rektori, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari tadriklab, omad tiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisining tabrigi o'qib eshittirilib, o'quv yili davomida faol bo'lgan bitiruvchi talabalarga Qo'mita raisining Tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarga tantanali ravishda diplom topshirish va "Veterinar qasamyodi" tadbirlari tashkil etilib, talabalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.