O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-maydagi 26-sonli xati ijrosi yuzasidan SamDVMCHBUda "Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasida "Tamaddun, madaniyat va ma'rifat" mavzusida ilmiy-amaliy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Ushbu tadbirda Filologiya fanlari doktori, professor R.Jumaniyozov, Islomshunos olim, tarix fanlari doktori Sh.Umarov hamda universitetning professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi - jamiyatimizning dunyoqarashini kengaytirish, yuksak axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarni singdirishdan iborat bo'ldi.