Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetda "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - yoshlar mamlakatni" mavzusida viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "Munozara" intellektual o'yini o'tkazildi.
Mazkur intellektual o'yinda SamDVMCHBUning "Irfon", SamDUning "Tafakkur", TATU Samarqand filialining "Innovator", SamDAQUning "Ulug'bek vorislari", SamDCHTIning "Tarjimon", SamDTUning "Arteriya" jamoalari ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bahsda SamDAQU jamoasi 3-o'rinni, SamDU jamoasi 2-o'rinni, Universitet jamoasi esa 1-orinni egalladi.
Universitetimizning "Irfon" jamoasi a'zolarini mazkur yutuq bilan tabriklaymiz hamda kulgusi o'qish va ishlarida omadlar tilaymiz.