Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 6 ta fakultet talaba-qizlari jamoalari o'rtasida "Voleybol" sport musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda jamoaviylik va bir-biriga hurmat ruhida harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Yakuniy natijalariga ko'ra:
I o‘rinni Biotexnologiya fakulteti jamoasi ;
II o‘rinni Agrotexnologiya fakulteti jamoasi;
III o‘rinni Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi.