SAMDVMCHBUDA SPORT SINOVLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!




    “Sport oyligi” doirasida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyish va ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida 8-maydan boshlab mamlakatimiz OTMlarida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasman start berilgan edi.

    Shu munosabat bilan "Sportchi- yurt himoyachisi" shiori ostida bugun, SamDVMCHBU talabalari belgilangan jismoniy mashqlar asosida o‘zlarining tayyorgarlik darajalarini sinab ko‘rishdi.

    Dasturdan joyidan uzunlikka sakrash, stol tennisi, arg‘amchida sakrash, "otjimaniya", tosh ko'tarish, shaxmat, arqon tortish kabi jismoniy mashqlar o‘rin oldi.

   -Tadbirning asosiy maqsadi, albatta, yurt himoyachisi sifatida, yoshlarni sportga jalb qilish va ularning sog‘lom bo‘lishini ta'minlashdir, -deya talabalarga omad tiladi tadbirda ishtirok etgan universitet rektori X. Yunusov.