Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish, o‘zlari istagan kasblarga yo‘naltirish, universitet imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida SamDVMCHBU fakultetlarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Unda universitet qoshidagi akademik litsey hamda viloyatimizning Urgut, Tayloq, Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlaridan tashrif buyurgan umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari, abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tashrif buyuruvchilar universitet bo‘ylab sayohat qilib, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari, kutubxona va talabalar turar joyi, ta’lim jarayoni bilan tanishib, ma’lumot oldilar. Abituriyentlar uchun qabul shartlari va mezonlari, xorijiy ta’lim dasturlari hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida batafsil axborot taqdim etildi.