"XOTIRA - ABADIY, QADR - MUQADDAS!" OYLIGI DOIRASIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" BO'LIB O'TDI.




    Bugun SamDVMCHBU Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 1-2-bosqich talabalari ishtirokida "Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!" oyligi doirasida "UCH AVLOD UCHRASHUVI" bo'lib o'tdi.

    Uchrashuvda talabalarga ustozlar tomonidan shukronalik, mehr - oqibat, o'zaro hurmat, sabr-toqat bilan ilm olish kabi hayot yo'llaridagi muvofaqqiyatga erishishdagi muhim xislatlar haqida o'z tavsiyalarini berishdi.

    Uchrashuv davomida ustozlar o‘z hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari va qiyinchiliklar orqali sabr, tirishqoqlik hamda maqsad sari qat’iyat bilan intilish zarurligini ta’kidladilar. Ular yosh avlodni ilm-fan yo‘lida sobitqadam bo‘lishga, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chorladilar.

    Talabalar bu kabi uchrashuvlar ularga katta motivatsiya berishi, ustozlar tajribasidan saboq olish imkonini yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.