Tadbirda ishtirok etgan Adolat sotsial demokratik partiyasi Samarqand tuman bo‘limi raisi Zuxra Quddusova oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilishi, farzandlar oldida ota-onaga nisbatan burchlarini, ularning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, rektor maslahatchisi Jamila Sayfiddinova va bo‘lim boshlig‘i B.Sayitmurotovlar Xalqaro oila kuni sifatida nishonlashdan maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, o‘z orzu-umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan – oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratish ekanini aytib o‘tishdi.