HALIMA XUBOYBERDIYEVA - O‘ZBEK XALQINING SEVIMLI SHOIRASI




    SamDVMCHBUda 13-may kuni O‘zbekiston xalq shoirasi, Hamza nomidagi Оʻzbekiston Davlat mukofoti sohibasi, xalqimiz sevimli shoirasi Halima Xudoyberdiyavaning ijodi va hayot yo‘liga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir o‘tkazildi

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, SamDU dotsenti shoira Jumagul Suvonova Halima Xudoyberdievaning hayoti va ijodi xususida fikrlar bildirdi. Shoirani xotirlab, she’rlaridan aytib berdi.

    Talaba-qizlar xalq shoirasining qalamiga mansub “Muqaddassan ayol” qo‘shig‘ini yuksak mahorat bilan ijro etdilar.  

    Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi  J.B.Sayfiddinova  o‘zbek xalqining sevimli shoiralarining ijodlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida, komil insonlar darajasida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.