SAMARQAND VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIG‘I O‘RINBOSARI – TERGOV BOSHQARMASI BOSHLIG‘I,   POLKOVNIK K.I.GAFFAROV TASHABBUSI BILAN "RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" TASHKIL ETILDI.




    O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-martdagi qo'shma qarori ijrosi yuzasidan SamDVMCHBUda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i,   polkovnik K.I.Gaffarov tashabbusi bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

    Tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlati va talabalar ishtirok etishdi.

    Tadbirni universitet rektori, professor X.B.Yunusov ochib berib, “Talaba-yoshlarni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida o’z fikrlarini bildirib o'tdi.

    Mehmonlar talaba-yoshlarga kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularni oldini olish, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi huquqiy immunitetni shakllantirish va giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida qator huquqiy tushunchalar berishdi.