WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI OMMAVIY YURISH MAROFONI BILAN BOSHLANDI




    SamDVMCHBUda “Sog‘lom hayot – farovon kelajak garovidir” shiori ostida universitet professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, shaxmat va stol tennisi turlaridan “REKTOR KUBOGI”  sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
 
    O‘tkazilayotgan sport bayramining ommaviy yurish marafonida ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov piyoda yurish va yugurish jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri ekanligini ta’kidlab, barchani faol bo‘lishga undadi.
 
    Shundan so‘ng universitet rektori boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlardan iborat 1000 nafardan ziyod sportsevarlar ishtirokida ommaviy yurish marafoniga start berilb, universitet ochiq sport maydonida badantarbiya mashqlari bajarildi.