WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

SAMDVMCHBU FAOLLAR ZALIDA “AMIR TEMUR – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI.




Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov o‘z nutqida buyuk ajdodimizning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta ekanligi, ko‘plab davlatlarni o‘z bayrog‘i ostida birlashtira olganligi, markazlashgan yirik davlatni qurganligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratganligi xaqida so‘zladi. Amir Temurning buyuk shaxs, yirik davlat arbobi, sarkarda, qonunshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson ekanligini e’tirof etdi.

    Tadbirda ishtirok etgan Samarqand davlat universiteti professori t.f.d Sh.Gʻafforov Sohibqiron nafaqat o‘z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, balki Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan Shaxs ekanini ta’kidladi. Bugun Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o‘rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib borayotganligi, yurtimiz va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid ko‘plab badiiy, publisistik asarlar yaratilib, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilayotgani, bularning bari Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati va uni ulg‘aytirgan zamin, tarixiy shart-sharoitga doir yangi-yangi qirralarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

    SamDVMCHBU va uning Akademik litseyi iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan tomoshalar va kuy-qo‘shiqlar tadbirning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi.