WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

JORIY YILNING 8-APREL KUNI SAMDVMCHBUNIVERSITETI REKTORI PROFESSOR X.B.YUNUSOV TOMONIDAN 3-BOSQICH BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI TALABALARI ISHTIROKIDA MAʼRIFAT DARSI BOʻLIB OʻTDI.




    Unda yurtimizda yoshlar uchun  yaratilayotgan sharoitlar ko‘lamini kengaytirishda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda talabalarning bilim olishi, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.

    Rektor yoshlarning ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar asosida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — zamonaviy laboratoriyalar, xorijiy hamkorlikdagi dasturlar, stipendiyalar va amaliyot bazalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlik, sport va ijtimoiy loyihalarga keng jalb qilish orqali ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.