WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

HAZRAT NAVOIY TAVALLUDINING 584 YILLIGI HAMDA SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 542 YILLIGIGA BAGʻISHLANGAN "IKKI BUYUK SIYMOGA EHTIROM" NOMLI TEATRLASHTIRILGAN ADABIY-MUSIQIY KECHA TASHKIL ETILDI.




    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida buyuk mutafakkir atoqli davlat va jamoat arbobi she’riyat mulkining sultoni Hazrat Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlangan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Ushbu tadbirni universitet rektori, professor X.B.Yunusov ochib berib, bu ikki dahoning maʼnaviy merosi yoshlarimiz uchun tarbiya vositasi ekanligi ularning boy merosini oʻrganishni davom ettirish ziyolilarimizning sharafli vazifasi ekanligini taʼkidladi.

     Shuningdek, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Q.Gapparov oʻz nutqida buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga bagʻishlangan bunday tadbirlar talaba-yoshlarda boy tariximizni anglash ajdodlarimizga hurmat vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga, ularga munosib vorislar boʻlishga undashini aytib oʻtdi.