#Konferensiya
Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida
“Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari,
yechimlari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjumanni
universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va barcha
mehmonlarni qutladi. Rektor konferensiya mavzusining ayni kundagi dolzarbligi,
bu borada ta’lim maskanida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar
xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, shuningdek, hamkor oliy ta’lim
muassasalari bilan qilinayotgan hamkorliklar xususida so‘zladi.
Xalqaro konferensiyada
Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Latviya, Ukraina, Polsha davlatlaridan soha
mutaxassislari, yosh olim va tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok
etishdi.
Xalqaro konferensiyada chorvadan
olinadigan mahsulotlarni saqlash, ularni qayta ishlash va chorvachilik sohasida
innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya sho'balarga
bo'lingan holda davom etmoqda...
2024-02-06
2024-05-11