XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
CHORVACHILIK MAXSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING MUAMMOLARI, YECHIMLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Anjumanning maqsadi: Qishloq xo’jaligi O’zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Qishloq xo’jaligining muhim qismini chorvachilik tashkil yetadi, jumladan sut va sut maxsulotlari, go’sht va go’sht maxsulotlari. Ushbu tarmoq qishloq aholisi uchun daromad keltirishda katta rol o’ynaydi, shu bois uni rivojlantirish muammolari va istiqbollari O’zbekiston agrar siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Mazkur konferensiyadan ko’zlangan maqsad chorvachilikning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni va amaliyotini, ayniqsa, go’sht-sutchilikni rivojlantirish muammolari va ularni yechish yo’llari, go’sht va sut mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda innovasion texnologiyalarni joriy etish istiqbollarini o’rganishdan iborat.
Konferensiyada Chorvachilik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari, yechimlari va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 31 maygacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 03 iyungacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 06- iyun.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: С.Казакова +998 93 723 16 01. Ш.Нурматов +998 97 392 88 18 e-mail: Kasavobat.@gmil.com ; nurmatovsherzod1988@gmail.com
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 06 iyungacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini Kasavobat.@gmil.com; nurmatovsherzod1988@gmail.com elektron manzilga yoki +998 93 723 16 01; +998 97 392 88 18 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: Yuldashev Alijon Aliqulovich-maqola-2, Yuldashev Alijon Aliqulovich-anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “CHORVACHILIK VA NASLCHILIK ISHI” jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 200 000 (ikki yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin: HUMO 9860270106893125 (SHAKHISTA ISHNIYAZOVA). Maqola mualliflarimiz tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.
Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 3-5 bet bo‘lishi, mualliflar soni 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin.
2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning elektron pochtasi.
5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].