“Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

 

QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR, INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR

 

Anjumanning maqsadi: Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi muammolar, innovatsion texnologiyalar va istiqboldagi vazifalarni belgilash,  qishloq xo‘jaligida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqishda yuqori samarali agrotexnologiylarni qo‘llash, texnologik jarayonlarni  mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, mahsulot sifati va ekinlar hosildorligini oshirish muammolari, ularning yechimlari, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishga tadbig‘iga bag‘ishlangan.

Fermer xo‘jaliklari, klasterlar, chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda sifatli, ekologik toza mahsulotlar etishtirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga imkon beradigan takomillashgan agrotexnologiyalar, yangi ozuqabob ekinlarini etishtirish bo‘yicha fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etiladi.

 Konferensiyaga qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, agronomiya, chorvachilik, veterinariya (dorivor va zaharli o‘simliklar), ushbu sohalar iqtisodiyoti, buxgalteriyasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini  yetishtirish, dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiylari  bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Anjumanda muloqot, maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Anjuman ananaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

 

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 15 maygacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 18 maygacha;

Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 22-23 may.

 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: (+ 998 97) 287 86 64; (+99893) 237-68-36

E-mail: sahobiddin87@mail.ru

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

 

Ishtirok etish tartibi:

Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 15 maygacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini sahobiddin87@mail.ru elektron manzilga yoki +99893 237-68-36 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-1, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan AGRO VESTNIK jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 250 000 (Ikki yuz ellik ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish mumkin:

Humo 9860 0101 2540 0753 (Nurbaev Sakhobiddin).

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan elektron sertifikat beriladi.

 

ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

 

Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 5-8 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.

Maqolada ketma-ketlik tartibi:

1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin.

2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).

3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

4. Muallifning elektron pochtasi.

5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

6. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

7. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

8. Maqola matni.

9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.

Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.

Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].

 

“Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi muammolar, innovatsion texnologiyalar va istiqboldagi vazifalar

mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

 

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish

Sho‘ba raisi:

Professor: Ergashev I.T.

Ilmiy kotib:

t.f.f.d., Abdug‘aniyeva Sh.Z.

2-sho‘ba

Osimliksunoslik va osimliklarni yetishtirish texnologiyasi

Sho‘ba raisi:

Professor: Xalilov N.X.

Ilmiy kotiba:

q.x.f.fd., Muminova. Z.K.

3-sho‘ba

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

Sho‘ba raisi:

Professor: Alikulov A.I.

Ilmiy kotib:

i.f.f.d., Eshmurodov U.

4-sho‘ba

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini  yetishtirish, dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasi

Sho‘ba raisi:

Professor:  Xolmirzaev D.

Ilmiy kotib:

t.f.f.d., Yusupov Sh.

5-sho‘ba

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini  yetishtirishda tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarni himoya qilish

Sho‘ba raisi:

Profssor: Umurzoqov E.U.

Ilmiy kotib:

q.x.f.fd., v.b., dotsent  O.Nazarov

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

04.05.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida)

 

 

 

Sho‘ba yo‘nalishi

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

     +998 97 287 86 64       A.Y.Xasilbekov

     +998 93 237 68 36       S.A.Nurbayev

LTR RTL