XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
CHORVACHILIK
MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN TALABNI QONDIRISHDA GENETIKA VA OZIQLANTIRISHNING:MUAMMOLARI VA SOHADA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Anjumanning
maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida,
barcha turdagi hayvonlarni oziqlantirish va genafondini o‘rganish, ipakchilik
va boshqa chorvachilik sohasida ularni
saqlash, oziqlantirish, naslchilik ishi olib borish, innovatsion
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi
vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab
chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi.
Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari,
klasterlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida barcha turdagi hayvonlar
genofondini o‘rganish, ipakchilik va boshqa chorvachilik sohasida ularni oziqlantirish, saqlash,
naslchilik ishi yuritish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fanning
so‘nggi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va ular fermerlarga, agroklasterlarga,
xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi.
Konferensiyada Chorvachilik sohasida mahsuldor hayvonlar seleksiyasi va naslini
yaxshilash, oziqlantirish, zoogigiyena, chorva
mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, biotexnologiyalar
sohasida, veterinariya sanitariya ekspertiza, sifatli mahsulotlarni
yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjuman
muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek,
rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy
(oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 12
maygacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 15 maygacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 17-may.
TASHKILIY QO‘MITA
MANZILI:
Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy,
Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: A.Xuseinova +998 97 925 28 76. M.K.Sulеymаnova +998 90 504 24 46 E-mail: zkhuzhamov@inbox.ru
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda
ishtirok etish uchun 2024 yil 17 maygacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha
rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini zkhuzhamov@inbox.ru elektron manzilga yoki +998 90 504
24 46 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan:
Yuldashev Alijon Aliqulovich-maqola-2, Yuldashev Alijon Aliqulovich-anketa)
bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul
qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va
maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida
rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL
QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga
kiritilgan “CHORVACHILIK VA NASLCHILIK ISHI”
jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 200
000 (ikki yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin: Uzcard 8600042374861937 (Xujamov Jurabek Nayimovich).
Maqola mualliflarimiz tomonidan har bir
maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.
Qabul qilingan maqola
mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda
oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari
to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan
rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti veb
saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir
ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan
elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga
tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z
ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan
keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va
javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy
qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun
javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 3-5 bet
bo‘lishi, mualliflar soni 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar:
Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng
tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i -
1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik
tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/
veb saytidan topish mumkin.
2. Mualliflarning
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida
transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va
unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning
elektron pochtasi.
5. Maqolaning
sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100-150
belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7
so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi,
annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi
tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan
dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit
so‘zlar: maqoladagi eng muhim
bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval
tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar
"Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs
ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Chorvachilik
mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishda genetika va oziqlantirishning global va milliy muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga
biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Chorvachilik
sohasida mahsuldor hayvonlar seleksiyasi va naslini yaxshilash, chorva
mahsulotlarini yetishtirish sohalarini
rivojlantirish istiqbollari |
Sho‘ba raisi: Dotsent
J.N.Xujamov
Ilmiy kotiba: M.K. Suleymanova |
2-sho‘ba |
Chorvachilik
sohasida oziqlantirish, zoogigiyena, qayta ishlash texnologiyasi, veterinariya sanitariya ekspertiza, sifatli
mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi jadallashtirish
yo‘llari |
Sho‘ba raisi: Dotsent B.X.Djambilov Ilmiy kotiba: M.A.Xuseinova |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
17.05.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy
unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish
joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon
va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza
turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba
yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza
mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat uchun telefonlar:
M.A.Xuseinova +998 97 925 28 76.
M.K.Suleymanova +998 90 504 24 46