WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

VETERINARIYA HAMDA CHORVACHILIK ILMINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA ILK QADAMLAR


VETERINARIYA HAMDA CHORVACHILIK ILMINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA ILK QADAMLAR

Konferensiyaning maqsadi: 2024-yil 30-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasida “Veterinariya hamda chorvachilik ilmini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va ilk qadamlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada veterinariya va chorvachilik ilmini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar hamda yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarb muammolari va asosiy masalalari muhokama qilinadi. Konferensiyada veterinariya hamda chorvachilik sohalari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Konferensiyada muloqot o‘tkazishda, maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Konferensiya ananaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 25 maygacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 27 maygacha;

Konferensiya o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 30-may.

 

 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: +998(97)-921-80-87;  +998 (93)-723-13-00;

E-mail: ikromgoldfayzullayev@gmail.com

Onlayn ishtirok etish uchun:

Ulanish vaqti: 2024-yil 30-may. Toshkent vaqti bilan soat 945da.

Ulanish havolasi: https://us06web.zoom.us/j/86129450662?pwd=KbYaC7DdOXW97P6Ha1WULzRXIc3a12.1

Konferensiya identifikatori: 861 2945 0662

Kirish kodi: 250236

 

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Ishtirok etish tartibi:

Konferensiyada ishtirok etish uchun 2024 yil 25 maygacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, konferensiya ishtirokchisi anketasini ikromgoldfayzullayev@gmail.com elektron manzilga yoki +99899-776-15-95 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida konferensiya materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar “VETERINARIYA MEDITSINASI” jurnalida maxsus son sifatida chop ettiriladi Maqola uchun to‘lov miqdori 100 000 (yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin: Humo 9860 0101 2574 3327 (Fayzullayev Ikromjon).Maqola mualliflari  tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Konferensiya dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Konferensiya natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam konferensiya yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi.

 

KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola konferensiya sho‘balariga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 3-4 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa - A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. Maqolada ketma-ketlik tartibi:

UDK. (yuqori chap tomonda)

Mavzu bosh harflarda

Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)

Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi

Annotatsiya (резюме) - Maqolaning qisqacha mazmuni kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).

Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).

Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

Kirish(введение),

Material va metodlar (материалы и методы),

Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),

Xulosalar (выводы),

Foydalanilgan adabiyotlar

(использованная литература).

Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishiga e’tibor qaratilishi lozim.

 

Veterinariya hamda chorvachilik ilmini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va ilk qadamlar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

 

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

Veterinariya ilmini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va ilk qadamlar

Sho‘ba raisi:

Dotsent Eshimov D.

Ilmiy kotib: Assistent Islomov X.

2-sho‘ba

Chorvachilik ilmini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va ilk qadamlar

Sho‘ba raisi:

Professor v.b.,  Ro‘ziqulov R.F

Ilmiy kotib: Assistent Mirsaidova R.R.

 

 

KONFERENSIYA ISHTIROKCHISI ANKETASI

30.05.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida)

 

 

 

Sho‘ba yo‘nalishi

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

+998(97)-921-80-87;

+998 (93)-723-13-00;

+998(99)-776-15-95 Fayzullayev Ikrom Alisherovich