XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
YAYLOV CHORVACHILIGI VA QORAKO‘LCHILIK:MUAMMOLAR VA SOHADA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida, qorako‘lchilik, qo‘ychilik va echkichilik, yilqichilik, ipakchilik va boshqa chorvachilik sohasida ularni saqlash, oziqlantirish, naslchilik ishi olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida qorako‘lchilik, qo‘ychilik va echkichilik, yilqichilik, ipakchilik va boshqa chorvachilik sohasida ularni saqlash, naslchilik ishi yuritish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fanning so‘ngi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi. Konferensiyada qorako‘lchilik, yilqichilik, qo‘ychilik va echkichilik, ipakchilik va boshqa chorvachilik sohalari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 1 maygacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng 3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 5 maygacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 7-may.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: (+99893) 350-01-08; (+99890) 271-85-86
E-mail: rrabbim@mail.ru; dilfuzarizayeva83@gmail.com
2024-02-06
2024-05-11