FARMAKOLOGIYA VA TOKSIKOLOGIYA FANI YUTUQLARI HAMDA SOHADAGI DOLZARB MUAMMOLAR
2023-yil 16-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Farmakologiya va toksikologiya kafedrasida “Farmakologiya va toksikologiya fani yutuqlari hamda sohadagi dolzarb muammolar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada veterinariyaga oid savollar, farmakologiya va toksikologiya fanlarining vazifalari va dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi.
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi:
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение),
Material va metodlar (материалы и методы),
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),
Xulosalar (выводы),
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература).
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 13-maygacha tashkiliy qoʻmita ( https://conf.ssuv.uz/uz)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi mudiri, professor Yu.Salimov
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino 3-qavat 272-xona.
Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Salimov Yunus
Xalilov Laziz Normuhammad o‘g‘li;
Murojaat uchun telefonlar:
+998(91)-542-75-70;
+998(94)-541-22-33