WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“VETERINARIYA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI”


AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son qarorning 4-ilovasi 19-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 7-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Veterinariya sohasini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
1. Yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni.
2. Nofilologik yo‘nalishlarda davlat tili ta’limi va tadqiqi.
3. Изучение русского языка в нефилологических вузах.
4. Xorijiy tillarni o‘qitishda interfaol metodlarga ustuvorlik berishning ahamiyati.
5. Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda jismoniy madaniyat va sportning ahamiyati.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus  va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar: 
Materiallar 3-5 bet hajmda A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftda tayyorlanishi lozim. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (rezyume) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz). 
Asosiy matn
Foydalanilgan adabiyotlar (исползованная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 1-aprelgacha tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi. Barcha talablarga javob bergan hamda konferensiyaga qatnashgan mualliflar ma’ruza materiallari toʻplam shaklida chop ettiriladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. 
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil:
Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU. 
Murojaat uchun telefonlar: 
N.Narziyeva +99891-559-04-86 
S.Ulliyeva +99890-505-11-83
D.Yunusova +99897-396-60-58

https://www.youtube.com/watch?v=KVqFq53HVbE