WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING DOLZARB VAZIFALARI


AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son qarorning 4-ilovasi 19-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 18-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya-sanitariya ekspertizasi kafedrasida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning dolzarb vazifalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz). 
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение), 
Material va metodlar (материалы и методы), 
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения), 
Xulosalar (выводы), 
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 15-aprelgacha tashkiliy qoʻmita ( Voxidjon Duskulov  va https://conf.ssuv.uz/uz/online-submission/create)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil:
Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU. 
Murojaat uchun telefonlar: 
Ibragimov F.B. +998915550695, 
Duskulov V.M. +998995972879, 
Boysinova N.B. +998902709384

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI TO'PLAMI