“BIOTEXNOLOGIYA VA OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGI MUOMMOLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI BOʻLIB OʻTADI.
A X B O R O T X A T I
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univerisiteti BIOTEXNOLOGIYA kafedrasi joriy yilning 10-noyabr kuni “Biotexnologiya va oziq ovqat xavfsizligi muommolari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani boʻlib oʻtadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:
1. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlashda zamonaviy biotexnologiyani o‘rni va bu sohadagi dolzarb muammolar .
2. Chorva oziqalarini bioqo‘shimchalar bilan boyitish va veterinariya sohalarida biotexnologiyaning ahamiyati.
3.Bio xilma-xillikni asrash sohasidagi zamonaviy tatqiqotlar hamda ularning dolzarb masalalari
4.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus tillari.
Maqolaga qo'yiladigan talablar: Materiallar 4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4
formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim.
Anjuman materiallariga taqdim qilinayotgan
maqolalar IMRAD strukturasida taqdim qilinishi lozim.
UDK. (yuqori chap tomonda) Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-
sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi.
Annotatsiya, Kalit soʻzlar, Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi: Kirish, Material va metodlar, Natijalar va ularning tahlili, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar.
Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, muallif(lar)ning shaxsiy izlanishlari natijalari, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan holda taqdim etilishi lozim. Maqolaning mazmuniga va ko‘rsatilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif mas’uldir. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Anjuman materiallari elektron shaklda to‘plamga kiritiladi.
Konferensiyaga ilmiy maqolalarni qabul qilish muddati 2023-yilning 25-oktyabr sanasiga qadar davom etadi.
Maqola berish bepul.
Maqolalar elektron shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
UZB kumushsultonova0112@gmail.com
RUS n.xodjayeva@yandex.ru
Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita manzili: Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 6-bino 1-qavat 670-xona. Murojaat uchun telefonlar:
E’lonlar va boshqa qoʻshimcha ma’lumotlar SamDVMCHBUning rasmiy veb sayti (www.ssuv.uz.)da e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot murojaatlar uchun:
Jo’raqulov Qobil Xurramovich
+998939979707
Akbarova Guliruxsor Vafoyevna
+998979206455