WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI OZUQаVIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILADI.


Qadrli hamkasblar!
 2023-yil 23-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlash va sertifikatlash” kafedralarida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ozuqаviy xavfsizligini ta’minlashning rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. 
Konferensiyada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ozuqaviy xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari yechimiga bag‘ishlangan mavzular muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Kirish (введение), 
Material va metodlar (материалы и методы), 
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения), 
Xulosalar (выводы), 
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 15-noyabrgacha tashkiliy qoʻmita ( https://conf.ssuv.uz)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlash va sertifikatlash” kafedrasi mudiri, k.f.n., Sh.A.Ishniyazova.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino 2-qavat 258-xona.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 
Ishniyazova Shaxista Ashurovna
Begimkulov Ilxom Baxtiyorovich
Nurmatov Sherzod Shakarbayevich. 
Murojaat uchun telefonlar: 
+998(90)-271-27-76;
+998(90)-280-55-58