WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

VETERINARIYA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR I.X.IRGASHEV TAVALLUDINING 90 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “VETERINARIYA PARAZITOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY – AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TADI.


Qadrli hamkasblar!
2023 yil 1-2 noyabr
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, veterinariya fanlari doktori, professor I.X.Irgashev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Veterinariya parazitologiyasining dolzarb muammolari va istiqboldagi vazifalari” mavzusida xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi
Konferensiyada invazion kasalliklarni diagnostikasi, davolash va profilaktikasining dolzarb muammolari yechimiga bag‘ishlangan mavzular muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi.
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi:
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Kirish (введение),
Material va metodlar (материалы и методы),
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),
Xulosalar (выводы),
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература).
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 30-oktabrgacha tashkiliy qoʻmita ( https://conf.ssuv.uz)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi mudiri, v.f.d., professor A.S.Daminov.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino 3-qavat 282-xona.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Assadullo Suvonovich Daminov
Baxtiyor Suvonqulovich Rustamov
Dilshod Xasanovich Nishanov
Murojaat uchun telefonlar:
+998(93)-349-49-85;
+998(93)-728-90-77
+998(90)-100-54-45