“VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI BOʻLIB OʻTADI.
A X B O R O T X A T I
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univerisitetida joriy yilning 12-13-may kunlari “Veterinariya va chorvachilik sohasida dolzarb muammolar va ularning yechimi” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani boʻlib oʻtadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:
1. Veterinariya sohasida hayvonlar kasalliklarini oldini olish va davolashning dolzarb muammolari va ularning yechimi.
2. Chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi innovatsiyalar.
3. Chorvachilik biotexnologiyasi hamda hayvonlarni saqlash, ozuqa yetishtirish, oziqlantirish va seleksiya ishlaridagi ilmiy yondashuvlar.
4. Chorvachilik va qishloq xo‘jaligida agrotexnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, resurs-energiya tejamkor qishloq xoʻjalik texnikalarini joriy etish va ularning iqtisodiyoti boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar.
5. Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasida gumanitar fanlar hamda xorijiy tillarning o‘rni.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
Materiallar 4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim.
Anjuman materiallariga taqdim qilinayotgan maqolalar IMRAD strukturasida taqdim qilinishi lozim.
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi.
Annotatsiya, Kalit soʻzlar, Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi: Kirish, Material va metodlar, Natijalar va ularning tahlili, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar.
Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, muallif(lar)ning shaxsiy izlanishlari natijalari, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan holda taqdim etilishi lozim. Maqolaning mazmuniga va ko‘rsatilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif mas’uldir. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Anjuman materiallari to‘plamiga kiritilgan maqolalarning har biri Google scholar tizimiga indekslanadi.
Konferensiyaga ilmiy maqolalarni qabul qilish muddati 2023-yilning 6-may sanasiga qadar davom etadi.
Maqolalar toʻplami uchun nashr xarajatlari har bir maqolaga 50000 (ellik ming) soʻmdan. To‘lov 9860 1901 0917 7252 (Shokhzod Doniyorov) karta raqamiga amalga oshiriladi.
Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Maqolalar ushbu linklar orqali qabul qilinadi
Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita manzili: Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino 1-qavat 205-xona. Murojaat uchun telefonlar:
E’lonlar va boshqa qoʻshimcha ma’lumotlar SamDVMCHBUning rasmiy veb sayti (www.ssuv.uz.)da e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
1. Achilov Odiljon Elmuradovich
2. Doniyorov Shaxzod Husan o‘g‘li;
Murojaat uchun telefonlar:
+998-66-234-98-71, +998-94-608-65-95.