WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“CHORVA HAYVONLARINI SAQLASH VA OZIQLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILADI.


Qadrli hamkasblar!

 2023-yil 22-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Hayvonlarni oziqlantiorish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasida “Chorva hayvonlarini saqlash va oziqlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada qishloq xo’jaligiga oid savollar, Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena fanlarining vazifalari va dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz). 
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение), 
Material va metodlar (материалы и методы), 
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения), 
Xulosalar (выводы), 
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература).
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 20-maygacha tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi (
conf.ssuv.uz) Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Hayvonlarni oziqlantiorish texnologiyasi va zoogigiyena” kafedrasi mudiri, dotsent B.X.Djambilov
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 6-bino 3-qavat 645-xona.

Hayvonlarni oziqlantiorish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 
Djambilov Bekzod
To’xtayev Ozod
Murojaat uchun telefonlar: 
+998(93)-352-27-57; +998(97)-280-58-08