WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“PARRANDA, BALIQ, ASALARI VA MO‘YNACHILIKDAGI MUAMMOLAR HAMDA ILM-FANDAGI YUTUQLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILADI.


Qadrli hamkasblar!
2023-yil 23-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasida “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi muammolar hamda ilm-fandagi yutuqlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada parranda, baliq, asalari, mo‘ynali va qishloq xo‘jaligi hayvonlari kasalliklariga oid savollar, oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari va ularning yutuqlari muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga o’zbek tilidagi maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 70 -120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (7-12 soʻz). 
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение), 
Material va metodlar (материалы и методы),
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),
Xulosalar (выводы), 
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va electron variant bilan 2023-yil 15-iyungacha tashkiliy qoʻmita( https://conf.ssuv.uz) ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri, dotsent, v.f.n., Sh.N. Nasimov.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU6-bino 4-qavat 654-xona.
Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
1. Nasimov Shuxrat Naimovich;
2. Eshburiyev Sobir Baxtiyorovich;
3. Kurbanov Feruz Inatillayevich. 
Murojaat uchun telefonlar:
+998 (97) 408-83-36;
+998 (97)-2868161