WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

PROFESSOR SH. T. RASULOV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “INFEKSION KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASINING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI


Qadrli hamkasblar!
 2023-yil 6-oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” hamda “Epizootologiya va infeksion kasalliklar” kafedralarida “Infeksion kasalliklar diagnostikasi va profilaktikasining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. 
Konferensiyada infeksion kasalliklarni diagnostikasi, davolash va profilaktikasining dolzarb muammolari yechimiga bag‘ishlangan mavzular muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. 
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda 
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda) 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Kirish (введение), 
Material va metodlar (материалы и методы), 
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения), 
Xulosalar (выводы), 
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 1 nusxadagi qogʻoz va elektron varianti bilan 2023-yil 20-sentyabrgacha tashkiliy qoʻmita (@aliyevdilmurod va @najmiddinnuriddinovich)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. Maqolalar elektron va qogʻoz shaklida taqdim etilishi soʻraladi.
Konferensiya raisi: “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri, b.f.d., D.D.Aliyev.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino 1-qavat 213-xona.
 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 
Aliyev Dilmurod Davronovich
Ruziyev Zoxid ;
Ergashev Najmiddin . 
Murojaat uchun telefonlar: 
+998(97)-398-22-68;
+998(97)-228-35-44