“VETERINARIYA MORFOLOGIYASI VA PATOMORFOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
Qadrli hamkasblar!
2023-yil 20-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasida “Veterinariya morfologiyasi va patomorfologiyasining dalzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada morfologiya va patomorfologiyaga oid savollar, veterinariya morfologiyasi va patomorfologiyasining muaommolari, dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi.
Ma’ruza materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi:
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение),
Material va metodlar (материалы и методы),
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),
Xulosalar (выводы),
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература).
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Materiallar 2023-yil 15-iyungacha tashkiliy qoʻmita (e-mail: zukhra0502@gmail.com)ga taqdim etiladi. Google Scholar da indekslanadi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul.
Konferensiya raisi: “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi mudiri, v.f.d., professor N.B.Dilmurodov.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 3-bino 1-qavat 307-xona.
Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya kafedrasi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
1. Dilmurodov Nasriddin Babakulovich.
2. Eshmatov G`ayrat Xurram o`g`li.
3. Normuradova Zuxra Fayzullayevna.
Murojaat uchun telefonlar:
+998(91)-538-96-83;
+998 (93) 8311711
+998 (91) 5554751