Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
KONFERENSIYALAR

“Zamonaviy morfologiya va patomorfologiyaning dolzarb masalalari”

Konferensiyalar

“Zamonaviy morfologiya va patomorfologiyaning dolzarb masalalari”

“Zamonaviy morfologiya va patomorfologiyaning dolzarb masalalari”

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Zamonaviy morfologiya va patomorfologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur nufuzli anjuman morfologiya va patomorfologiya fanlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari hamda veterinariya tibbiyoti va biologiya sohalarida innovatsion yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.


   Konferensiyada universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari eruk olimlari ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi morfologiya va patomorfologiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


   Konferensiyani ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda konferensiyada so‘z olganlar morfologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari, kasalliklarning patomorfologik xususiyatlari, diagnostika usullarini takomillashtirish hamda zamonaviy laboratoriya texnologiyalaridan foydalanish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, veterinariya tibbiyoti va chorvachilik sohalarida uchraydigan kasalliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar xususida ham so‘z yuritildi.


   Anjuman doirasida “Zamonaviy morfologiyaning dolzarb masalalari” hamda “Zamonaviy patomorfologiyaning dolzarb masalalari” mavzularida tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishlarida yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlari natijalari bilan qatnashib, mutaxassislar bilan fikr almashdilar. Ilmiy munozaralar davomida morfologiya va patomorfologiya fanlarining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, innovatsion tadqiqot metodlarini amaliyotga joriy etish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


   Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi
Tadbir veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar sohalarida ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
   Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, sohaning dolzarb muammolariga ilmiy yechimlar ishlab chiqish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etildi.

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita