Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
KONFERENSIYALAR

Respublika ilmiy amaliy konferensiya

Konferensiyalar

Respublika ilmiy amaliy konferensiya

Respublika ilmiy amaliy konferensiya

SamDVMCHBUniversiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Turli ekologik muhitlarda dorivor o‘simliklarning bioekologiyasi va xom ashyolarini yetishtirishning zamonaviy masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur konferensiyada dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularning bioekologik xususiyatlari, ekologik muhitga moslashuvi hamda xom ashyo bazasini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlarga fakultetning iqtidorli talabalari va Nomli Davlat Stipendiya sohiblarining erishgan yutuqlari, fakultet hamda kafedralarning istiqbolli rejalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, zamonaviy “Start up” loyihalari, o‘quv-amaliy xonalar faoliyati hamda shifobaxsh dorivor o'simlik xomashyolaridan tayyorlangan damlama va fitochoylar ko‘rgazmasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Konferensiya ilm-fan, ekologiya va innovatsion g‘oyalarni uyg‘unlashtirgan holda tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita