Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yosh fiziolog, bioximik olimlarning innovatsion tadqiqotlari va istiqboldagi rejalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.

.jpg)
Mazkur konferensiyani universitet rektori, professor X.B.Yunusov ochib berib, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislarini zamonaviy fiziologiya va bioximiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilg‘or ilmiy izlanishlarni muhokama qilish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda istiqboldagi ilmiy hamkorliklarni kengaytirish haqida aytib o'tdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan biologik jarayonlarning molekulyar asoslari, hayvonlar fiziologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologik yechimlar hamda ekologik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Xususan, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari bilan alohida e’tibor qozondi.
.jpg)

Konferensiya doirasida xorijiy va mahalliy olimlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni yanada oshirish masalalari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi.


Shuningdek, tadbir yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy faoliyatga keng jalb etish borasida muhim platforma vazifasini o‘tadi.
Konferensiya yakunida eng yaxshi ilmiy ishlanmalar mualliflari e’tirof etilib, faol ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yosh olimlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda innovatsion rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy maydon sifatida alohida ahamiyat kasb etdi