“ZAMONAVIY PARAZITOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMIGA INNOVATSION YONDASHUV” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.




Konferensiyani ochib bergan universitet rektori, professor X.Yunusov oziq-ovqat xavsizligining globallashuvi sharoitida sohalarning ishlab chiqarishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari haqida to‘xtalib, jahon miqyosida global migratsiya va iqlim o‘zgarishi tufayli parazit kasalliklarning yangi turlari vujudga kelayotgani kuzatilayotgani, ushbu muammolarni hal etishda esa innovatsion yondoshuvlar borasida molekulyar diagnostik usullarni, parazitlarning genom tahlillari, epidemologik tahdidlarni oldini olish borasida olingan ma’lumotlar tahlili, vaksina sohasida ilmiy izlanishlarni talab etishini ta’kidlab, jahon talablariga mos innovatsion metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

    Shuningdek, konferensiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i A.Safarov, Belarus Respublikasi Vitebsk davlat “Hurmat belgisi” veterinariya meditsinasi Akademiyasi rektori Gorlova Olga Sergeyevna, mazkur Akademiya akademigi Anton Yatusevich, Qozon davlat agrar universiteti professori Minsagit Lutfullin, Tojikiston M.S.Osimi nomidagi Texnika universiteti professori Anvariddin Muxiddinov, SamDU professori Abdurashid Jabborovlar mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirib, bugungi kunda parazitologiya nafaqat tibbiyot, balki veterinariya, agrar sohalar va ekalogik muvozanat uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etayotgani, parazitar kasalliklar millionlab insonlar va hayvonlar hayotiga xavf solib kelayotganini aytib o‘tishdi.

    Konferensiya “Hayvonlarning parazitar kasalliklarini davolash va oldini olishning zamonaviy usullari”, “Parazitar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarining biologiyasi va ekologiyasi”, “Oziq-ovqat xavfsizligini taminlashda veterinariya parazitologiyasini o‘rni”, “Veterinariya va chorvachilik sohalarini innovatsion rivojlanishida biologik fanlarning ahamiyati” kabi shoʻbalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.