WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

2020-YIL FEVRALDAN 2025-YIL FEVRALGACHA BO'LGAN DAVR MOBAYNIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI O'TKAZILDI.




    Universitetda 2024-yil uchun Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan hisobot konferensiyasi hamda universiteti kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo'lgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasida O'zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o'rinbosari T.Sh.Bozorov, Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o'rinbosari N.Sh.Dexqonov, O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi rais o'rinbosari A.A.Abdusaidov, O'zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Samarqand viloyati bo'yicha mas'ul tashkilotchisi S.Q.Xasanov va O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi xodimlar ishtirok etdi.

     Ushbu konferensiyada universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.K.Gapparov raislik qildi. 2024-yil uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi to'g'risidagi dalolatnomasini A.Aliqulov, Universitet rektori X.B. Yunusovning axboroti va boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi A.Xasilbekovning hisobotlari eshitildi. Yig'ilish qarori bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoa shartnomasining 2024-yil ijrosi bir ovozda ma'qullandi.

     Shundan so'ng universiteti kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo'lgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bilan davom etdi. Dastlab universitet Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisining 5 yillik davrda olib borilgan ishlari to'g'risida hisoboti tinglandi. Yig'ilish qarori bilan qo'mitaning faoliyati "qoniqarli" deb baholandi. Shundan so'ng Taftish komissiyasi raisi A. Aliqulov 5 yillik taftish dalolatnomasini o'qib eshittirdi.

     Boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi saylovi yopiq ovoz berish asosida o'tkazildi. Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisini saylash bo'yicha yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun J.J. Alladustov va F.R.Sattarov nomzodlari kiritilib, yashirin ovoz berish natijalariga ko'ra, yangi rais J.J.Alladustov Universitetning boshlang'ich kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.

     Shundan so'ng J.J. Alladustov so'zga chiqib, oliygohning boshlang'ich kasaba uyushmasi raisi sifatida o'zining faoliyati davomida amalga oshiradigan rejalari haqida gapirib o'tdi. Hisobot-saylov yig'ilishi davomida Universitet kasaba uyushmasi Qo'mita a'zolari tarkibi va kengashning hisobot-saylovi "Konferensiyasi"ga delegatlar saylandi.

     Konferensiyada O'zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o'rinbosari T.Bozorov, Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining urinbosari N.Dexqonovlar va Viloyat kengashi raisi o'rinbosari A. Abdusaidovlar so'zga chiqib, universitetda amalga oshirilayotgan islohatlardan juda xursandligini hamda bugungi saylov to 'liq nizom asosida amalga oshirilganligi bo'yicha o'zlarining fikrlarini bildirib o'tishdi.