WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“ZAMONAVIY VETERINARIYA SOXASIDA FIZIOLOGIYA, BIOKIMYO VA PATOFIZIOLOGIYANING ISTIQBOLLARI HAMDA DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

 OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI

VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

2025-yil 7- fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasining

ZAMONAVIY VETERINARIYA SOXASIDA FIZIOLOGIYA, BIOKIMYO VA PATOFIZIOLOGIYANING ISTIQBOLLARI HAMDA DOLZARB MUAMMOLARImavzusida

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

AXBOROT XATI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

ZAMONAVIY VETERINARIYA SOXASIDA FIZIOLOGIYA, BIOKIMYO VA PATOFIZIOLOGIYANING ISTIQBOLLARI HAMDA DOLZARB MUAMMOLARI

Konferensiyaning maqsadi: 2025-yil 7-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasida “Zamonaviy veterinariya soxasida fiziologiya, biokimyo va patofiziologiyaning istiqbollari hamda dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada veterinariya va chorvachilik ilmini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar hamda yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarb muammolari va asosiy masalalari muhokama qilinadi. Konferensiyada veterinariya hamda chorvachilik sohalari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Konferensiyada muloqot o‘tkazishda, maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Konferensiya an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2025 yil 5 fevralgacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2025 yil 6 fevralgacha;

Konferensiya o‘tkaziladigan sana – 2025 yil 30-may.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: +998(97)-408-83-36;  +998(97)-921-80-87;

E-mail: ikromgoldfayzullayev@gmail.com

Onlayn ishtirok etish uchun:

Ulanish vaqti: 2025-yil 7 fevral. Toshkent vaqti bilan soat 945da.

Ulanish havolasi: https://us06web.zoom.us/j/86129450662?pwd=KbYaC7DdOXW97P6Ha1WULzRXIc3a12.1

Konferensiya identifikatori: 861 2945 0662

Kirish kodi: 250236

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Ishtirok etish tartibi:

Konferensiyada ishtirok etish uchun 2025 yil 5 fevralgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, konferensiya ishtirokchisi anketasini ikromgoldfayzullayev@gmail.com elektron manzilga yoki +99899-776-15-95 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida konferensiya materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar “VETERINARIYA MEDITSINASI” jurnalida maxsus son sifatida chop ettiriladi Maqola uchun to‘lov miqdori 50 000 (ellik ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin: Humo 9860 0101 2574 3327 (Fayzullayev Ikromjon).Maqola mualliflari  tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Konferensiya dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Konferensiya natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam konferensiya yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi.

KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola konferensiya sho‘balariga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 3-4 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa - A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi. Maqolada ketma-ketlik tartibi:

UDK. (yuqori chap tomonda)

Mavzu bosh harflarda

Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)

Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi

Annotatsiya (резюме) - Maqolaning qisqacha mazmuni kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).

Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).

Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

Kirish(введение),

Material va metodlar (материалы и методы),

Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),

Xulosalar (выводы),

Foydalanilgan adabiyotlar

(использованная литература).

Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishiga e’tibor qaratilishi lozim.