Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Slovakiya Respublikasi delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Slovakiya Respublikasi delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi
Yangiliklar

Slovakiya Respublikasi delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi

Slovakiya Respublikasi delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi

Delegatsiya a’zolarini universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar kutib oldi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta'lim o'rtasida qishloq xo‘jaligi va veterinariya sohalarida kadrlar tayyorlash hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda fakultetlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida konferensiya tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu kabi tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Slovakia davlatining Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti va Bratislavadagi Iqtisodiyot va menejment universitetlari bilan SamDVMCHBU o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita