Hurmatli, Doktor
Xudoynazar Yunusov!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universitetida Yevropa Mintaqaviy Komissiyasining
31-konferensiyasi yuqori darajada tashkil qilinganligi, qolaversa samimiy qabul
va ma’rifiy tashrif uchun Butunjahon Hayvonlar Salomatligi Tashkiloti va barcha
delegatlar nomidan o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizga, xodimlar va talabalarga yuksak mehmondo‘stlik va universitetga
tashrif davomida namoyish etilgan madaniy tadbirlarni tashkil etishda
ko‘rsatgan sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Oʻzbekiston delegati doktor Abror Akbarov va universitet tashkilotchilari
va talabalari tomonidan taqdim etilgan Butunjahon Hayvonlar Salomatligi Tashkilotining
maqsadli umumiy sessiya jarayonini koʻrib ayniqsa xursand boʻldim va
ta’sirlandim. Barcha ishtirokchilar tomonidan yuqori baholangan ushbu mashgʻulotni
tayyorlashga sarflagan vaqtingiz va kuchingiz uchun sizga katta rahmat
aytmoqchiman. Bu siz rahbarlik qilayotgan universitetning akademik va amaliy ko‘nikmalarga
alohida e’tibor berilishini, sifatli ta’limni ta’minlashga sodiqligini yaqqol
isbotidir.
Shuningdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti tomonidan “Faxriy professor” unvoni bilan
taqdirlanganim uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Men ushbu mukofotni
olishdan juda mamnun bo‘ldim va tashkilotimizni e’tirof etganingiz va hayvonlar
salomatligi va g‘amxo‘rligi sohasida akademik yuksaklikka erishishga qaratilgan
fidokorona sa’y-harakatlaringiz uchun sizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Sizning rahbarligingizda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘z sohasiga va butun jamiyatga
munosib hissa qo‘shadigan mutaxasislarni shakllantirishda hal qiluvchi rol
o‘ynamoqda. Sizning ta’lim sohasida mukammallikka intilayotganingiz
bitiruvchilarning nafaqat kuchli bilim bilan ta’minlanganligini, balki ertangi
kunning qiyinchiliklariga ham tayyor bo‘lishini ta’minlaydi.
Biz butun jamoangiz sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaymiz va men siz
rahbarlik qilayotgan ushbu muassasa kelajakda yetuk mutaxasislar tayyorlashiga
ishonaman.
Hurmat bilan,
Doktor Emmanuel
Subeyran!
Nusxa BHST: F. Caya, shtab boshlig‘i; N. Monsalve, mintaqaviy faoliyatni
muvofiqlashtirish bo‘yicha menejer; B.Plavshich, mintaqaviy vakil; E.Hamelin,
Bryusseldagi submintaqaviy vakil; M. Taytubayev, Markaziy Osiyo boʻyicha
submintaqaviy vakili
Mezbon davlat: O‘zbekiston delegati