Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

REKTOR SIRTQI TA’LIM 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHDI

Yangiliklar

REKTOR SIRTQI TA’LIM 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHDI

REKTOR SIRTQI TA’LIM 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHDI

2024-2025-o‘quv yilida Sirtqi ta’lim 1-bosqichiga 660-nafar talaba qabul qilingan. Ushbu talabalar uchun an’anaviy tanishtiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshliq ta’lim muassasasi mutasaddilari va yoshlar ishtirok etishdi.

Rektor yoshlarni dastlab talabalik baxtiga sazovor bo‘lganliklari bilan qutlab, bu ularga katta mas’uliyat yuklashi, kelajakda o‘zlari istagan kasbning  haqiqiy egasi bo‘lishlari uchun qattiq o‘qib - o‘rganishlari zarurligini ta’kidladi. Bu yo‘lda professor - o‘qituvchilar ko‘makka tayyor ekani, ularning bilimi va malakasidan samarali foydalanishlari zarurligi, universitet, misoli katta bir oila ekani va ular shu oilaga munosib bo‘lishlari zarurligini ta’kidladi.

Rektor talabalarni universitet mas’ullari bilan tanishtirib, qaysi masalada kimga murojaat qilishi mumkinligi va jamoaning har bir aʻzosi yoshlarga yordamga tayyor ekanliklari haqida gapirdi.

 

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita