O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH
QO‘MITASI
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI,
CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
2024-yil 26-27 sentabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasining
“PARAZITAR
KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, ULARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV” mavzusidagi
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
AXBOROT XATI
Samarqand - 2024
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
PARAZITAR
KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, ULARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV
Anjumanning
maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida
chorvachilik sohasida parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda
innovatsion yondashuv yechimiga bag‘ishlangan ilmiy - tadqiqot ishlarini
natijalari bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi respublikada
chorva hayvonlaridagi parazitar kasalliklarning hozirgi holati, mavjud
muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot
ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab
beriladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli
chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda chorva hayvonlari va
parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirishda
barcha hayvonlarni turli parazitar kasallik qo‘g‘atuvchilaridan asrash, uning
oldini olish, davolash va qarshi kurashish veterinariya amaliyotida dolzarb
ahamiyat kasb etad.
Konferensiyada veterinariya,
chorvachilik, chorvachilikni
mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjuman
muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek,
rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy
(oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 24
sentabrgacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 24 sentabrgacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 26-27
sentabr.
TASHKILIY QO‘MITA
MANZILI:
Samarqand davlat veterinariya
meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy,
Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: (+99893) 728-90-77; (+99890) 100-54-45
E-mail: rustamovbaxtiyor21@gmail.com
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Anjumanda
ishtirok etish uchun 2024 yil 24 sentabrgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha
rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini rustamovbaxtiyor21@gmail.com elektron manzilga yoki +99893-728-90-77
raqamli telegramga
jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan:
B.Rustamov - maqola-2, B.Rustamov - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola
yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida
anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon
raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda
ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.
Maqolalar to‘plam sifatida chop ettiriladi.
Maqola uchun to‘lov mavjud
emas.
Qabul qilingan maqola
mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda
oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari
to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi.
To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga
tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z
ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan
keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va
javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy
qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun
javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 5-8 bet
bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar:
Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng
tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i -
1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik
tartibi:
1.
Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz
tillarida transliteratsiya asosida).
2.
Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz
tillarida).
3.
Muallifning elektron pochtasi.
4.
Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
5.
Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6.
Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7.
Maqola matni.
8.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi,
annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google
translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi.
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan
dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit
so‘zlar: maqoladagi eng muhim
bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi
jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi
kerak.
Adabiyotlar
"Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008
ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami
to‘rtburchak qavs
ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni
davolashda innovatsion yondashuv” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy
anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba
nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Hayvonlarning
parazitar kasalliklarini davolash va oldini olishning zamonaviy usullari
|
Sho‘ba
raisi: Professor A.Daminov kotib: B.Rustamov |
2-sho‘ba |
Parazitar
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarining biologiyasi va ekologiyasi
|
Sho‘ba
raisi: Professor R.Davlatov kotib: D.Nishanov |
3-sho‘ba |
Oziq-ovqat xavfsizligini taminlashda veterinariya parazitologiyasini
o‘rni |
Sho‘ba raisi: Dotsent
T.Tayloqov kotib: I.Rayimqulov |
4-sho‘ba |
Veterinariya
va chorvachilik sohalarini innovatsion rivojlanishida biologik fanlarning
ahamiyati |
Sho‘ba raisi: Dotsent
Sh.Qurbanov kotiba: G‘.Jabborov |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
09.09.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy
unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish
joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon
va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza
turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba
yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza
mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat uchun telefonlar:
+998 93 728-90-77 Rustamov Baxtiyor Suvonqulovich
+998
90 100-54-45 Nishanov Dilshod Xasanovich